AKSIYA O‘TKAZISH QOIDALARI «HUMO tizimidan Yandex Taxi, Yandex Delivery va Yandex Eats chegirmalari»

Nashr qilingan sana: «27» dekabr 2025 yil

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur aksiya (keyingi o‘rinlarda — «Aksiya») marketing tadbiri bo‘lib, lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi, ishtirok etish uchun to‘lov talab qilinmaydi, tavakkalchilik yoki yutuqning tasodifiy tushib qolishi elementlarini o‘z ichiga olmaydi va ushbu «HUMO tizimidan Yandex Taxi, Yandex Delivery va Yandex Eats xizmatlariga chegirmalar» Aksiyasini o‘tkazish qoidalariga (keyingi o‘rinlarda — «Qoidalar») muvofiq o‘tkaziladi, ular Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashgan: https://go.yandex/uz_uz/doc/humo/2025.

Aksiya HUMO to‘lov tizimini targ‘ib qilishga qaratilgan.

1.2.  To‘lov tizimi «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ 
Manzil:
 100047, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 178/1-uy.
MFO: 00980, STIR: 302900674

1.3. Aksiya tashkilotchisi1 — «YGO UB» MCHJ, ro‘yxatga olish raqami 1123972, joylashgan manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy.

Aksiya tashkilotchisi 2 — «Y EATS» MCHJ XK, ro‘yxatga olish raqami 2059526, joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, indeks 100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1-uy.

1.4. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.

1.5. Aksiya boshlanish sanasi: 2025-yil 27-dekabr.

1.6. Aksiya yakunlanish sanasi: 2026-yil 24-yanvar.

2. Qoidalarda ishlatiladigan atamalar va ta’riflar

Aksiyani faollashtirish — Foydalanuvchining Aksiyada ishtirok etishga roziligini tasdiqlovchi Qoidalarning 3-bo‘limiga muvofiq harakatlarni amalga oshirish.

Yandex Go xizmatlari, Xizmatlar — Yandex Go ilovasida joylashgan va foydalanishga mavjud bo‘lgan Yandex Taxi, Yandex Delivery, Yandex Eats axborot xizmatlari. Xizmatlar va ularni taklif qiluvchilar haqida batafsil: https://ya.cc/go.

Yandex Taxi xizmati — Foydalanuvchilar tomonidan «Yandex Taxi (Yandex Go) xizmatidan foydalanish shartlari» hujjati shartlari asosida foydalaniladigan axborot xizmati, u internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashgan: https://yandex.com/legal/yandexgo_termsofuse.

Yandex Delivery xizmati — Foydalanuvchilar tomonidan Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashtirilgan «Yandex. Delivery xizmatidan foydalanish shartlari» hujjati shartlari asosida foydalaniladigan axborot xizmati: https://yandex.com/legal/yandexgo_termsofuse_delivery/.

Yandex Eats xizmati — Foydalanuvchilar tomonidan «Yandex Eats xizmati foydalanuvchi kelishuvi» hujjati shartlari asosida foydalaniladigan axborot xizmati, u internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashgan: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/ru/

Foydalanuvchi — Yandex Go ilovasidan quyidagi manzili keltirilgan litsenziya kelishuvi shartlariga muvofiq foydalanadigan jismoniy shaxs, litsenziya kelishuvi manzili:  https://yandex.com/legal/yandexgo_mobile_agreement .

Yandex Go ilovasi — turli axborot xizmatlariga ega mobil ilova.

HUMO kartasi — Bank tomonidan chiqarilgan hisob-kitob (debet), kredit yoki oldindan to‘langan karta bo‘lib, bu karta orqali Xizmatlarda to‘lov amalga oshirilganda, Shartlarga muvofiq Aksiya ishtirokchisiga Yandex Taxi Xizmatida yo‘lovchi va bagaj tashish xizmatlari uchun chegirma va/yoki Yandex Delivery Xizmatida yetkazib berish xizmatlari uchun chegirma va/yoki Yandex Eats Xizmatida buyurtma berishda chegirmalar taqdim etiladi.

Yandex Taxi xizmatida yo‘lovchi va bagaj tashish xizmatlariga va/yoki Yandex Delivery xizmatida yetkazib berish xizmatlariga va/yoki Yandex Eats xizmatida buyurtma berishda chegirma olish uchun HUMO kartalari quyidagi bank identifikatsiya raqamlariga ega kartalar hisoblanadi: «986001», «986002», «986003», «986004», «986006», «986008», «986009», «986010», «986012», «986013», «986014», «986015», «986016», «986017», «986018», «986019», «986020», «986023», «986024», «986025», «986026», «986027», «986029», «986030», «986031», «986032», «986033», «986034», «986035», «986036», «986060», «986037», «986038», «986039», «986040».

Aksiyada ishtirok etuvchi kartalar ro‘yxati Tashkilotchilar tomonidan istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda Foydalanuvchilarni qo‘shimcha ogohlantirmay o‘zgartirilishi mumkin.

Chegirma — Yandex Taxi orqali buyurtma qilingan yo‘lovchi va bagaj tashish xizmatlari narxining pasayishi va/yoki Yandex Delivery xizmati orqali buyurtma qilingan yetkazib berish xizmatlari narxining pasayishi va/yoki Qoidalarning 4-bandida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq Yandex Eats xizmatida buyurtma berishda undiriluvchi tovarlar narxining pasayishi.

Aksiya ishtirokchisi (Ishtirokchi) — Aksiya qoidalariga mos tushuvchi va Aksiyani faollashtirgan foydalanuvchi.

3. Aksiyada qatnashish tartibi

3.1 Aksiyada qatnashish uchun quyidagilar zarur:

  • Yandex Go ilovasi orqali Yandex Go xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tish;
  • Yandex Go ilovasi orqali Yandex Go xizmatlarida buyurtma berishda to‘lov usuli sifatida HUMO kartasini tanlash (Aksiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan kartalar ro‘yxati «Ushbu Qoidalarda qo‘llaniladigan atamalar va ta’riflar» bo‘limida keltirilgan) va uni keyinchalik Yandex Go ilovasida to‘lov qilish uchun biriktirish.
  • Yandex Go xizmatlari hamkorlaridan Yandex Go xizmatlari orqali buyurtma qilingan xizmatlar narxini ulangan HUMO kartasi orqali muvaffaqiyatli to‘lash.

3.2. Foydalanuvchilar Yandex Go ilovasidagi naqd pulsiz to‘lov funksiyasi orqali HUMO kartasi yordamida to‘lovni amalga oshirganda Aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

4. Chegirma

4.1. HUMO kartasi uchun chegirma miqdori Xizmatga bog‘liq bo‘lib, quyidagi miqdorni tashkil qiladi:

Chegirma beruvchi shaxs

Chegirma miqdori va shartlari

1

Tashkilotchi 1

HUMO kartasi bilan toʻlov qilganingizda, Aksiya davomida Yandex.Taxi xizmati orqali «Elektr», «Komfort», «Komfort+» tariflarida yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlaridan qilingan 5 ta buyurtmaga 20% chegirma (lekin 30 000 soʻmdan oshmasligi kerak) beriladi. Chegirma Aksiyaning quyidagi ishtirokchilariga taqdim etiladi:

  1. Yandex.Taxi xizmatida HUMO kartаsi bilan birinchi marta tranzaksiya amalga oshiradigan ishtirokchilarga;
  2. HUMO kartasi bogʻlangan, lekin 2025-yil 22-martdan Aksiya boshlanishiga qadar Yandex.Taxi va «Yandex.Delivery» xizmatlarida HUMO kartasi bilan tranzaksiya amalga oshirmagan ishtirokchilarga.

2

Tashkilotchi 2

HUMO kartasi bilan toʻlov qilganingizda, Aksiya davomida «Yandex.Delivery» xizmati orqali «Yetkazib berish» tarifida qilingan 5 ta buyurtmaga 20% chegirma (lekin 30 000 soʻmdan oshmasligi kerak) beriladi. Chegirma Aktsiyaning quyidagi ishtirokchilariga taqdim etiladi:

  1. Yandex.Delivery xizmatida HUMO kartasi bilan birinchi marta tranzaksiya amalga oshiradigan ishtirokchilarga;
  2. HUMO kartasi bogʻlangan, lekin 2025-yil 22-martdan Aktsiya boshlanishiga qadar Yandex.Taxi va «Yandex.Delivery» xizmatlarida HUMO kartasi bilan tranzaksiya amalga oshirmagan ishtirokchilarga.

3

Tashkilotchi 2

10% chegirma Yandex Eats xizmatining «Restoranlar» boʻlimida 100 000 soʻmdan boshlab boʻlgan 2 ta buyurtmaga, Aktsiya davomiyligi mobaynida HUMO kartasi bilan toʻlanganda amal qiladi. Chegirma Yandex Eats xizmatining Hamkorlari tomonidan beriladigan chegirmalar bilan jamlanadi.

5. Aksiya tashkilotchisining huquq va majburiyatlari

5.1. Aksiya tashkilotchilari ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Aksiyani o‘tkazish majburiyatini oladi.

5.3. Tashkilotchilar Ishtirokchilarga Yandex Go xizmatlarining funksionalidan «as is» formatida foydalanish imkoniyatini beradi, biroq Yandex Go ilovasining ishlashida texnik xatolar bo‘lmasligini va Yandex Go xizmatlarining doimiy mavjudligi hamda uzluksiz ishlashini kafolatlamaydi.

Tashkilotchilar Chegirmalarni qo‘llash imkoniyatini beradi, biroq Ishtirokchini qo‘shimcha ravishda xabardor qilish yoki uning Chegirmalardan foydalanishini ta’minlash majburiyatini olmaydi. Ishtirokchi Aksiyada mustaqil ravishda ishtirok etadi, shuningdek, Chegirmadan foydalanish haqida mustaqil qaror qiladi.

5.4. Tashkilotchilar Ishtirokchining Aksiyasidagi ishtirokini haqiqiy emas deb topishga, Aksiya ishtirokchisiga Chegirmalar taqdim etishni rad etishga, jumladan, buyurtma bekor qilingan taqdirda rad etishga haqli.

5.5. Tashkilotchilar Aksiya ishtirokchisi ko‘rishi mumkin bo‘lgan chegirmalarni olish va ulardan foydalanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni qoplamaydi.

6. Boshqa shartlar

6.1 Amaldagi buyurtma doirasida to‘lov usuli o‘zgargan taqdirda, Chegirma taqdim etilmaydi. Bunda, to‘lov usulini o‘zgartirish qanday yo‘l bilan boshlanganligi ahamiyatga ega emas — Foydalanuvchining tashabbusi yoki Yandex Go xizmati tomonidan avtomatik ravishda o‘zgartirilgan holda (jumladan, biriktirilgan kartada yetarlicha pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda).

6.2. Tashkilotchilar istalgan vaqtda sabablarni tushuntirmay mazkur Aksiyani to‘xtatib turish yoki yakunlash yoxud uning shartlarini o‘zgartirish huquqini o‘zlarida saqlab qoladi. Aksiyani to‘xtatib turish/yakunlash/shartlarni o‘zgartirish haqidagi ma’lumotlar quyidagi havola orqali joylashtiriladi: https://go.yandex/uz_uz/doc/humo/2025.

6.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Shartlarga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildiradi.

6.4. Aksiyani tashkil etishga oid shikoyatlarni Ishtirokchilar Yandex Go ilovasi orqali yuborishi mumkin.

6.5. Chegirmalar faqat ushbu Qoidalarga muvofiq taqdim etiladi. Chegirmani naqd pulda qoplash imkonsiz. Tashkilotchilar Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar, chiqimlar va boshqa xarajatlarni qaytarmaydi yoki qoplamaydi.

6.6. Chegirmalarning insofsiz olinishiga qarshi kurashish maqsadida Tashkilotchilar Foydalanuvchilar tomonidan suiiste’molliklar va/yoki insofsiz harakatlarni aniqlash uchun ushbu Qoidalarda bevosita ko‘rsatilmagan tekshirish usullarini qo‘llash huquqini o‘zlarida saqlab qoladi. Tashkilotchilar ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi buzilishida asosli shubhalar mavjud bo‘lganda, o‘z xohishiga ko‘ra shaxsga Ishtirokchi maqomini berishni rad etishga haqli. Agar ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlar Chegirma taqdim etilgandan keyin aniqlansa, Chegirma 5 (besh) ish kuni ichida avtomatik ravishda bekor qilinadi, shu sababli Foydalanuvchiga Chegirmani hisobga olmagan holda xizmatlarning to‘liq qiymati qo‘llaniladi.

Tashkilotchilar o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda suiiste’mollik va/yoki insofsiz harakatni belgilashga haqli:

  • Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan odatdagi ishtirok shartlarida taqdim etilmaydigan foydalarni oladi;
  • Ishtirokchi bir vaqtning o‘zida Yandex Go Xizmatlariga biriktirilgan bir nechta HUMO Kartalaridan foydalanadi, chegirmalar olish uchun;
  • Ishtirokchi begona, haqiqiy bo‘lmagan yoki soxta ma’lumotlardan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tgan yoki Yandex Go Xizmatlaridan foydalanayotgan bo‘lsa;
  • Ishtirokchi chegirmalarni uchinchi shaxslarga bergan, sotgan va (yoki) boshqacha tarzda taqdim etgan bo‘lsa;
  • Ishtirokchi blokirovkalarni (cheklovlarni) chetlab o‘tishga harakat qilgan, blokirovkadan keyin qayta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa;
  • Ishtirokchi firibgarlik, huquqni suiiste’mol qilish yoki vijdonsiz xatti-harakatlar alomatlari mavjud bo‘lgan harakatlarni sodir etgan bo‘lsa.

6.7. Qoidalarni turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘yadigan holatlar yuzaga kelganda va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar paydo bo‘lganda, bunday talqin va/yoki tushuntirish bo‘yicha yakuniy qaror bevosita va faqatgina Tashkilotchilar tomonidan qabul qilinadi.


Sat Dec 27 2025 14:05:15 GMT+0300 (Moscow Standard Time)