Vaqtga rioya qilish
Sizni, ayniqsa, parkovka qilish noqulay joyda uzoq kutishga toʻgʻri kelmasa, haydovchilar buni eʼtiborga oladi: agar ushlanib qolsangiz, chatda ogohlantirib qoʻyish lozim.
Reyting – oxirgi 40 ta bahoning oʻrtacha koʻrsatkichi. U oʻrtacha qiymat kabi hisoblanadi, faqat oxirgi baholar eski baholarga qaraganda koʻproq salmoqqa ega boʻladi.
Maksimal reyting – 5. Agar sizda u biroz past boʻlsa, tashvishlanmang: ideal yoʻlovchi boʻlish qiyin. Sizga arzimasdek tuyulgan narsa haydovchi uchun muhim boʻlishi mumkin. Masalan, eshikni qattiq yopgan, salomlashish va xayrlashishni unutgan boʻlishingiz mumkin.
Haydovchilar va foydalanuvchilar bir-biriga mehr va eʼtibor bilan munosabatda boʻlishi hamma uchun yaxshidir. Shu sababli sizga ham, ularga ham safarni baholash hamda biror muammo boʻlsa, tushuntirish imkonini beramiz.
Haydovchilar orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma quyidagilarni koʻrsatdi:
Sizni, ayniqsa, parkovka qilish noqulay joyda uzoq kutishga toʻgʻri kelmasa, haydovchilar buni eʼtiborga oladi: agar ushlanib qolsangiz, chatda ogohlantirib qoʻyish lozim.
Tartibli boʻlish: eshikni qattiq yopmaslik va salonni kir qilmaslik.
Asosiysi – oʻzaro hurmat va gʻamxoʻrlik. Oʻylaymizki, bu bandni batafsil izohlash shart emas: bularning barchasi sizga maʼlum va ularga amal qilasiz.
Haydovchi toʻxtay oladigan joylarni tanlash: shlagbaum yaqiniga, yopiq hududga va toʻxtash uchun jarima belgilanadigan joylarga mashina buyurtirmang.
Nostandart, masalan, mushuk yoki it bilan safar boʻlsa, koʻrsatish. Va bolalar bilan buyurtmalar yoki yirik buyumlarni tashish uchun maxsus tariflar va opsiyalarni tanlash.