Nogironligi bor
bolalar uchun
ijtimoiy taksi

Ijtimoiy taksi haqida

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy agentligining dasturidir.
  • Dastur nogironligi bor bolalarga taʼlim olish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.

  • Dastur Yandex Uzbekistan bilan birgalikda Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida amalga oshiriladi.

  • Yandex Go ilovasida safar narxining 100% yoki 60% qoplanishi bilan Inklyuziv tarifida safarlar uchun oyiga 450 ming so‘m (1,2 BHM) miqdorida oylik limit mavjud: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” yoki “Kambagʻal oilalar reestri”ga kiritilgan oilalardagi ta’lim oluvchilar uchun 100% kompensatsiya. Boshqa toifadagi oilalardagi ta’lim oluvchilar uchun 60% kompensatsiya.

Kimlar uchun

Loyiha maxsus maktablarda oʻqiydigan va mustaqil harakatlanishga qiynaladigan, nogironligi bor maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan.
Safarlar Yandex Go ilovasidagi “Komfort” tarifining standart yengil avtomobillarida amalga oshiriladi.
Kompaniya buyurtmalardan daromad olmaydi.
Maxsus sozlamalardan foydalansangiz, haydovchiga qoʻshimcha koʻrsatma beriladi.
Barcha tafsilotlar — koʻrsatmalarda

Qanday foydalanish mumkin

1-qadam Imtiyozli safarlardan foydalanish uchun Yandex Go ilovasida dasturga ulanish arizasida koʻrsatilgan telefon raqamingizdan foydalaning.
Ilovada raqamingizni qanday tekshirish mumkin

≡ orqali menyuga kiring, ismingiz ustiga bosib, profilingizni oching.
Telefon raqamingiz to’g’ri ekanini tekshiring. Zaruratga qarab, raqamni almashtiring.

2-qadam ≡ orqali menyuga kiring va bank kartasi orqali toʻlov usulini tanlang. Buning uchun bank kartasi maʼlumotlarini “Kartani ulash” tugmasi orqali kiriting.
Bank kartasida buyurtmani amalga oshirish uchun yetarli mablagʻ boʻlishi kerak. Toʻlov uchun faqat Humo va UzCard kartalaridan foydalanish mumkin.
3-qadam Asosiy ekranda “Nima qidiryapsiz?” maydonini bosing va safarning boshlangʻich va yakuniy manzilini kiriting.
Safarning boshlangʻich yoki yakuniy manzili albatta dasturda qatnashish arizasida ko’rsatilgan maktab manzili bilan mos kelishi shart.
4-qadam Inkluziv tarifini tanlang

Tariflar roʻyxatining oxiridagi “Boshqalar” bo‘limida chiqadi.

5-qadam zarur boʻlganda Zaruriy maxsus sozlamalarni belgilang

Salomatligi oʻziga xos xususiyatli shaxslar uchun maxsus sozlamalar Yandex Go ilovasida alohida ekranda joylangan boʻlib, ularni tanlash safar narxini oshirmaydi.

Ilova buyurtma qabul qilgan haydovchiga maxsus imkoniyatlarga ega shaxslar bilan safarda nima qilish kerakligi xabarini beradi. Masalan:
“Mashinani topishga yordam bering”
Safar kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga oʻtirishga yordam berish haqidagi izoh koʻrinadi.
“Faqat matn orqali gaplashaman”
Biror kishi ovoz bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, haydovchidan foydalanuvchi bilan chat orqali bogʻlanish soʻraladi.
«Gapirolmayman, lekin eshitaman»
Haydovchi foydalanuvchi uning savolini eshitishi, lekin faqat imo-ishoralar yoki matn orqali javob bera olishi haqida buyurtmaga izoh oladi.
“Nogironlar aravachasida boʻlaman”
Bu sozlama tanlansa, haydovchida “Nogironlar aravachasida boʻlaman, mashinaga oʻtirishda yordam va boʻsh yukxona kerak” izohi chiqadi.
6-qadam “Buyurtma berish“ ustiga bosing
Tayyor!
Tizim mos mashina qidirishni boshladi. Mashina topilishi bilan telefoningizga bildirishnoma keladi.

Safarlar haqidagi barcha axborot — buyurtmalar tarixida

Buyurtmalar tarixida ijtimoiy taksi dasturi doirasida amalga oshirilgan har bir safar tafsilotlari va narxini kuzatib boring. Buyurtma narxi dastur doirasida qancha mablagʻ qoplangani va bank kartangizdan qancha yechib olinganini aks ettiradi.
Agar oylik limit tugasa yoki safarni toʻliq qoplash uchun u yetmasa, u oylik limit qoldigʻi miqdorida qoplanadi. Qolgan summa bank kartangizdan yechib olinadi.

Nega taksiga buyurtma berish amalga oshmayapti?

Dasturga ulanish arizasida va Yandex Go ilovasida turli raqamlar kiritilgan. Bu axborotni Ijtimoiy himoya milliy agentligining Саll-markazining 1070 qisqa raqami orqali aniqlashtiring.
Tarif tanlashda yoki manzil kiritishda xatolik mavjud.
Bank kartangizda safar narxining qolgan qismini toʻlash uchun yetarli mablagʻ mavjud emas.
Balki atrofda boʻsh mashina yoʻqdir. Bu holda tarif ostida narx oʻrnida chiziqcha turadi. Taksi chaqirishga keyinroq urinib ko‘ring.
Agar 450 ming soʻmlik budjet joriy oyda tugagan boʻlsa, Inkluziv tarifi ishlamay qoladi. Taksini oʻz hisobingizdan boshqa tariflarda chaqirish mumkin.

Xizmatdan foydalanish qoidalari

Tarifda bepul kutish vaqti 5 daqiqa. Taksini safarga tayyor boʻlganingizda buyurtma qiling. Kechiksangiz, haydovchini ilova chatida ogohlantiring yoki unga telefon qiling. Pulli kutish to’lovi bank kartangizdan yechib olinadi.
Agar biror joyga borib va maʼlum vaqtdan keyin ortga qaytsangiz, ikkita alohida safarni rasmiylashtirish kerak boʻladi. Haydovchi sizni kutib turolmaydi.
Xizmatda shaharlararo safarlar mavjud emas.
Tarifda oraliq nuqtalar bilan safar qilish imkoniyati mavjud emas.
Safarlardan faqat kelishilgan holda foydalaning, dasturga kirish huquqini suiisteʼmol qilmang.
Agar suiisteʼmol holatlari aniqlansa, Agentlik tashabbusi yoki roziligi bilan ishtirokchi ham, haydovchi ham dasturdan chetlatilishi mumkin.

Safar paytida yoki undan keyin ilovada buyurtma haqida fikr va baholar qoldiring

Zaruratga qarab barcha muammolarni hal qilish uchun ilova orqali Yandex Go yordam xizmatiga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, 1070 qisqa raqami orqali Agentlik Call-markaziga murojaat qilish mumkin.

Yangi tizimni sinovdan oʻtkazishga va nogironligi bor bolalarning harakatlanishini yanada qulaylashtirishga yordam bering!
Fri Jun 13 2025 11:54:33 GMT+0300 (Moscow Standard Time)